Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Test sinovi o‘tkaziladigan binolar aniq bo‘ldi

12-iyul 16:54
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar aniq bo‘ldi

Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi .

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

  • Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
  • Hududga kirish joylari;
  • Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
  • Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
  • Bino raqami;
  • Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
  • Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar.

Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.