Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
Bu reklama joyi - biznesingiz rivoji uchun!
BATAFSIL
Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.
Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
- Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;
- Ta’lim yo‘nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.
Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko‘rsatilgan.
‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo‘nalishda o‘qimayman, ikkinchida o‘qimoqchi edim, beshinchida o‘qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo‘ladi.