Ta’lim krediti haqida muhim ma’lumotlar
12-avgust 08:35
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
- Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga foizsiz, yigitlarga markaziy bank asosiy stavkasi (13,5%) ko‘ra ajratiladi.
- Ta’lim krediti O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat OTM talabalari uchun ajratiladi.
- Ta’lim krediti joriy yildan faqat kunduzgi ta’lim talabalari uchun ajratiladi.
- Joriy yildan Ikkinchi kursdan yuqori talabalarning baholari past boʻlgan (oʻrtacha “3”dan past) taqdirda taʼlim krediti koʻpi bilan toʻlov shartnomaning 80 foizi miqdorida ajratiladi.
- Ta’lim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).
- Ta’lim krediti har yili olish mumkin.
- “Superkontrakt” asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga ham imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi.
- Imtiyozli taʼlim krediti rasmiy oʻqish tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil muddatga ajratiladi. Masalan talaba 1-kurs boʻlsa, 11 yil 7 oy ichida kreditni toʻlashi mumkin.
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi
- 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) va my.gov.uz orqali topshirish mumkin boʻladi.