Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

O‘qishga kirganlar boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

27-avgust 08:42
O‘qishga kirganlar boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi.

Joriy yilgi tartib tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

Agar abituriyent beshala yo‘nalishga ham kira olmagan bo‘lsa, unda istalgan yo‘nalishda super-kontraktda o‘qishni tanlashiga ruxsat berilgan. Xohlasa, birinchini tanlaydi, xohlasa, uchinchini tanlaydi, xohlasa, beshinchini tanlaydi.