Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Sirtqi ta’lim shaklidagi 5 ta ta’lim yo‘nalishi uchun pedagogik staj talab etiladi

30-iyul 17:05
Sirtqi ta’lim shaklidagi 5 ta ta’lim yo‘nalishi uchun pedagogik staj talab etiladi

2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qarorda pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinishi belgilangan.

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga maktab ta’limi tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bular:

  • boshlang‘ich ta’lim;
  • tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
  • musiqa ta’limi;
  • jismoniy madaniyat;
  • texnologik ta’lim.

Ushbu ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakliga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Bunda kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi.

Boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.