Sinf rahbari bu...
22-avgust 11:18
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
- Yil-oʼn ikki oy oʼquvchilar haqidagi maʼlumotlarni hali u shaklda, hali bu shaklda shakllantirib, bu roʼyxatning qayoqqa ketayotganini oʼzi ham bilmaydigan qogʼozboz.
- Oʼzi bir kunda bir marta kiradigan sinf xonasining ozodaligiga javob beruvchi farrosh.
- Oʼquvchilari janjallashsa, adolatli qozi.
- Ota-onalar istalgan ustozning ustidan shikoyat qilishi mumkin boʼlgan, lekin qoʼlidan hech narsa kelmaydigan shaxs.
- Oʼzining vakolatidan koʼproq narsani boʼyniga oladigan mard.
- Oʼquvchilari 11-sinfni bitirib ketganidan keyin bir yil oʼtib ham ularni yo ishga, yo oʼqishga joylab, yo uzatib FHDYo qogʼozining nusxasini topshirib qutuladigan buyuk matonat egasi.
- Oʼquvchilarini yozda ham suvga choʼkmasligini, oʼtda yonmasligini, uyidan qochmasligini, kechasi sangʼimasligini, hech kim bilan janjallashmasligini nazorat qiluvchi inspektor.
- Ota-onasi joʼnatolmagan maktabga amallab olib keladigan, imtihonlarda uxlab qolmasligi uchun qoʼngʼiroq qilib uygʼotadigan, kech qolsa oʼrniga gap eshitadigan, ammo shu mehnatlari evaziga bitirib ketgach, bitta yoʼqlab qoʼyishga ham arzimaydigan oʼquvchilarini ortidan “bolam”, deb gapiradigan hokisor...
- Аslida, bu zahmatlarning ortida bolajonlarning bir ogʼiz “Ustoz!” deb chaqirgan lutfi oldida yuvilib ketadigan quvonch ham bor...
Teglar
Xabarni ulashing
O'xshash xabarlar
Sinf rahbar qanday xujjatlar yuritishi kerak?
24-avgust 19:12
Sinf rahbarlari bilib olishi kerak
15-avgust 10:20