Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Sertifikatlar uchun 50 foiz ustama soatbay yoki o‘rindosh ishchilarga ham to‘lanadi

09-sentabr 12:51
Sertifikatlar uchun 50 foiz ustama soatbay yoki o‘rindosh ishchilarga ham to‘lanadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil “28”-iyuldagi 25 q/q- va 4 x/x-son qaroriga ko‘ra,

Barcha sertifikatlar oʻzi dars beradigan fani boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega umumtaʼlim maktablarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, soatbay va oʻrindosh) pedagog xodimlarga (shu jumladan, maktab direktori va direktor oʻrinbosarlariga ham) har oylik qoʻshimcha ustama toʻlash nazarga tutilgan.

Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, o‘rindosh bo‘lsa ham soatbay bo‘lsa ham, barchasiga sertifikat uchun oyligiga nisbatan 50 foiz ustama olishi huquqiga ega.