Qanday hollarda davlat 50 foizgacha kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?
Bu reklama joyi - biznesingiz rivoji uchun!
BATAFSIL
Kontrakt pulini to‘lash imtiyozlari bo‘yicha ham savollar bo‘lmoqda. Bu masalada qisqacha tushuntirsam, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.
Agar siz oilangiz “Temir daftar”ga yoki o‘zingiz “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lsa, bu imtiyozdan foydalanasiz.
"Temir daftar"ga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra quyidagi oilalar kiritiladi:
- ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar;
- kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;