Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Qabul va o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha savollarga vazirlik “Call-center” xizmati mutaxassislari javob bermoqda

16-iyul 17:35
Qabul va o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha savollarga vazirlik “Call-center” xizmati mutaxassislari javob bermoqda

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollariga tezkor javob berish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Murojaatlar markazi (Call-center) xizmati tashkil etilgan bo‘lib, unda telefon qo‘ng‘iroqlariga bir vaqtning o‘zida 6 nafar mutaxassis javob berishi yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirda fuqarolar tomonidan oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari, kasbiy (ijodiy) intihonlar va talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha +998712306464 telefon raqami orqali kelib tushayotgan savollarga mutaxassislarimiz javob berib kelishmoqda.

Ma’lumot uchun, “Call-center” xizmati yakshanba kunidan tashqari har kuni soat 9:00 dan 17:00 ga qadar (tushlik 13:00-14:00) faoliyat ko‘rsatadi.