Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

"Perevod" uchun qabul qachongacha davom etadi?

30-iyul 10:47

15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlangan.

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:

  • transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
  • my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

  • Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
  • Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.