Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

O‘zbekistonda Yandex Dasturlash maktabining bitiruvchilari qutlandi

18-iyul 18:05
O‘zbekistonda Yandex Dasturlash maktabining bitiruvchilari qutlandi

Kompaniya yil davomida Python tilida sanoat dasturlashni o‘rganib chiqqan maktab o‘quvchilarini tabrikladi. Yandex Dasturlash maktablarida ta’lim olish bepul tarzda amalga oshiriladi. Birinchi maktab o‘tgan yili Toshkentda ochilgan edi. Yaqin kelajakda Samarqand va Urganchda yana ikkita maktab ochilishi rejalashtirilgan.

Yandex’ning IT-ta’lim dasturi doirasida kompaniya informatika o‘qituvchilari uchun dasturlash kurslarini ishga tushiradi va ular uchun Python bo‘yicha metodik materiallardan foydalanish dasturiga kirish imkonini yaratadi. Shuningdek, bu yil kompaniya yosh IT-mutaxassislarni amaliyotga jalb qilishni boshlaydi, bu esa Yandex va butun O‘zbekiston IT-sektori uchun iqtidorli kadrlar zaxirasini yaratishga yordam beradi.