Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Oʻqituvchilar attestatsiya test sinovi haqida

21-avgust 08:41
Oʻqituvchilar attestatsiya test sinovi haqida

Attestatsiya test sinovlaridan oʻtolmaslikning eng birinchi sababi bu — fan yoʻnalishi boʻyicha bilimlarning yetishmasligidir. Agar oʻzingizga ishonsangiz har qanday sinovlardan bemalol oʻta olasiz.

Oʻqituvchi attestatsiya test sinovidan oʻta olmasa, demak ularni quyidagi 3 ta asosiy muammo kutib turadi:

  1. Birinchi muammo, oʻqituvchi attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.
  2. Ikkinchi muammo, agar oʻqituvchi attestatsiyadan oʻtmasa, uning nafaqat jamiyatdagi balki, maktab jamoasi oldida ham obroʻsi tushib boradi. Bu esa juda yomon.
  3. Uchinchi muammo, attestatsiyadan oʻta olmaslik pedagog xodimning oylik maoshiga ham juda katta taʼsir oʻtkazadi. Chunki oʻqituvchilarga dars taqsimot qilishda ham ularning malaka toifalari muhim rol oʻynaydi.