Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

O‘qituvchi mehnatiga qo‘shimcha haq: daftar tekshirganlik uchun qaysi fanlarga pul to‘lanadi?

31-avgust 10:19
O‘qituvchi mehnatiga qo‘shimcha haq: daftar tekshirganlik uchun qaysi fanlarga pul to‘lanadi?

O‘qituvchilar bajaradigan asosiy funksiyalar qatorida dars o‘tish, o‘quvchilar bilan ishlash, jurnal to‘ldirish bilan birgalikda sinfdagi har bir o‘quvchining daftarini tekshirish degan muhim vazifa ham bor. Biroq o‘quvchilarning ishlarini yozma tarzda baholash hamma fanlar uchun ham xos emas.

Faqat quyidagi fanlarga daftar tekshirgalik uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi:

  • Boshlang‘ich sinflarda: alifbe, ona tili, o‘zbek tili, rus tili, matematika, 2-4 sinflarda chet tili (ingliz, nemis, fransuz tillari va h.k);
  • Yuqori sinflarda: ona tili, adabiyot, o‘zbek tili, rus tili va adabiyoti, chet tili (ingliz, nemis, fransuz tillari va h.k), matematika, algebra va geometriya;

Daftar tekshirganlik uchun o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga (1.155.000 so‘m) nisbatan foiz hisobida qo‘shimcha haq to‘lanadi.