Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlari 10-20-avgust oraligʻida boʻlib oʻtadi!

05-avgust 18:54
Oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlari 10-20-avgust oraligʻida boʻlib oʻtadi!

Oʻzbekistondagi xorijiy OTM filiallari va nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga koʻchirish boʻyicha test sinovlari 10-20-avgust oraligʻida boʻlib oʻtadi.

Baholash mezoni quydagicha boʻladi:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy boʻlgan 3 ta fan boʻyicha:

  • Ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.Har biri uchun 1,1 balldan.Maksimal ball – 11 ball.
  • Matematika - 10 ta savol.Har biri uchun 1,1 balldan.Maksimal ball – 11 ball.
  • Oʻzbekiston tarixi - 10 ta savol.Har biri uchun 1,1 balldan.Maksimal ball – 11 ball.

Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 33 ball.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta mutaxassislik fan boʻyicha:

  • 1-fan - 30 ta savol.Har biri uchun 3,1 balldan.Maksimal ball – 93 ball.
  • 2-fan - 30 ta savol.Har biri uchun 2,1 balldan.Maksimal ball – 63 ball.

Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, 2024/2025 oʻquv yili uchun oʻqishni koʻchirish talabida boʻlganlarga 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.