Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

O‘qishni qayta tiklash uchun arizalar qabuli boshlandi!

17-iyul 18:15
O‘qishni qayta tiklash uchun arizalar qabuli boshlandi!

O‘qishni qayta tiklash 15-iyuldan 5-avgustga qadar transfer.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

O‘qishga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Quyidagilar o‘qishga davlat granti asosida qayta tiklanishi mumkin:

  • yetimlar, I va II guruh nogironligi bo‘lganlar;
  • muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shaganidan 3 yilda) akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytganlar;
  • davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytganlar.