Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

O‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanishiga 9 kun qoldi

06-iyul 20:37
O‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanishiga 9 kun qoldi

15-iyul shanba kunidan rasman o‘qishni ko‘chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi va 5-avgust kuniga qadar davom etadi.

Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi:

  • transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
  • my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.