Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Perevod uchun 5 yillik staj kimlardan talab qilinadi?

07-avgust 08:15
Perevod uchun 5 yillik staj kimlardan talab qilinadi?

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga maktab ta’limi tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bular:

  • boshlang‘ich ta’lim;
  • tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
  • musiqa ta’limi;
  • jismoniy madaniyat;
  • texnologik ta’lim.

Bunda 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi.

Xorijiy va nodavlat (xususiy) ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirayotgan talabalarga ham shu tartib amal qiladi. Faqatgina 1-bosqichni tamomlagan talabalar uchun.

2-3-4-bosqichni tamomlagan talabalar bundan mustasno. Sababi qarorda 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab deyilgan. Undan avvalgi yillar nazarda tutilmagan!