Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Nima uchun ayrim yo‘nalishlarda sirtqi ta’lim chiqmayapti?

31-iyul 14:00
Nima uchun ayrim yo‘nalishlarda sirtqi ta’lim chiqmayapti?

JAVOB: chunki 5 ta yo‘nalishning sirtqisiga topshirish uchun 5 yillik pedagogik staj talab etiladi.

Bular:

  • boshlang‘ich ta’lim;
  • tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
  • musiqa ta’limi;
  • jismoniy madaniyat;
  • texnologik ta’lim.

Ushbu yo‘nalishlarning sirtqi shakliga 5 yillik pedagogik staji bo‘lmaganlar topshira olmaydi. Staj faqat sirtqida talab etiladi, yuqoridagi 5 ta yo‘nalishning kunduzgi, kechki va masofaviy shakliga istalgan abituriyent hujjat topshirishi mumkin.

Shuningdek, mana shu 5 ta yo‘nalishdan boshqa yo‘nalishlarning sirtqi shaklini istalgan abituriyent tanlay oladi, hech qanaqa staj talab etilmaydi.

Kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi va UzBMB bazasida avtomatik o‘zi chiqadi.