Magistratura uchun kvotalar qachon e’lon qilinadi?
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Magistratura uchun qabul boshlanganiga 9 kun bo‘ldi. Lekin haligacha kvotalar ma’lum emas.
Bakalavriatda tarixda ilk marta kvotalarni e’lon qilmasdan, qabulni yakunladik. Hademay kvotasiz testlarni ham boshlasak kerak. Bu holatga "Joriy yilda faqat fan tanlandi" deb bahona ham qildik, mayli.
Ammo magistratura-chi? U yerda qabul tizimi o‘zgargani yo‘q-ku. Qanaqa qilib kvotani bilmasdan hujjat topshirish mumkin? Nahotki bu haqda o‘ylamaysizlar?
Bunaqasi avval bo‘lmagandi. Kechikish bo‘yicha yangi darajaga chiqildi. Yildan yilga ahvol yaxshilanish o‘rniga, faqat orqaga ketyapti. Keyingi yillar qanaqa bo‘larkin, odam o‘ylasa qo‘rqib ketadi.