Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Kollej va texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

28-iyul 10:14
Kollej va texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yilida kollej va texnikumlarga kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 106 256 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.

Shundan:

  • 45 ta kollej uchun — 15 ming 977 ta;
  • 218 ta texnikum uchun — 90 ming 279 ta.

Kollejlarga kunduzgi ta’lim shakliga jami 9 587 ta qabul kvotasi belgilandi.

Shundan:

  • davlat granti asosida — 4 822 ta;
  • to‘lov-kontrakt asosida — 4 765 ta.

Kollej va texnikumlarga qabul kvotalari - 2024/2025-yil