Savol: Bir xil ball olganlar, kvota kam bo‘lsa nima qiladi?
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Agar bir nechta abituriyent grant yoki kontraktning eng oxirgi chizig‘ida bir xil ball to‘plasa, unda ulardan qaysi biri grant yoki kontraktga kirgan deb hisoblanadi? «Yuridik taʼlim» kanaliga shu kabi savollar kelmoqda.
JAVOB QUYIDAGICHA:
Oʻtgan yillardagi qabul tajribalariga koʻra, davlat grantiga 10 ta joy ajratilgan deylik. 9, 10, 11-o‘rinlardagi 3 nafar abituriyent bir xil ball to‘plagan. Bunday vaziyatda uchalasi ham davlat grantiga qabul qilinadi, davlat granti uchun qo‘shimcha joy ajratiladi;
Kontraktda ham xuddi shunday vaziyat. Kirish chizig‘ining oxirida kvotadan ko‘proq bo‘lgan abituriyentlar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa, ularning barchasi o‘qishga kirgan deb hisoblanadi va qo‘shimcha joy ajratiladi;
Xuddi shu qoida bakalavr uchun ham, magistratura uchun ham birdek amal qiladi.