Joriy yilgi test sinovlariga nechta nazoratchilar jalb etiladi?
06-iyul 09:27
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Joriy yilgi test sinovlariga 2.690 nafar nazoratchi jalb etiladi va 12 kun davom etadi!
- Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar optimallashtirilib, hozirda 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlanmoqda. Ularda bir smenada 1 176 ta guruhda, 35 280 nafar, bir kunda esa 70 560 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi va test sinovlarining 12 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
- Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov o‘tkazish orqali 2 690 nafar guruh nazoratchisi tanlab olindi. Bundan tashqari gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 139 nafar surdotarjimon jalb etiladi.
- Test sinovlarida foydalaniladigan 15 ta (tillar kesimida 29 ta) umumta’lim fanidan 40 mingdan ortiq yangi test topshirig‘i shakllantirildi va ekspertizadan o‘tkazildi.
Teglar
Xabarni ulashing
O'xshash xabarlar
Minimal 56,7 balldan ham kam to‘plab "super" qildirsa bo‘ladimi?
31-avgust 10:22