Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Javoblar varaqasini buklash ham mumkinmas!

06-iyul 20:06
Javoblar varaqasini buklash ham mumkinmas!

Shuningdek, javoblar varaqasining belgilanmagan joylarga yozish taqiqlanadi.

Test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan zarurat bilan chiqqan talabgorga qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan talabgorlar test sinovidan chetlatiladi.

Shuningdek, quyidagilar sizni test sinovlaridan chetlatishga asos bo‘ladi:

  • test materiallarini boshqa talabgorga uzatish;
  • yordam berish hamda bir-biri bilan gaplashish;
  • test materiallariga ziyon yetkazish;
  • hududdan tashqariga olib chiqish;
  • test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortish.