Imtihon vaqtidagi hayajonni qanday jilovlash mumkin?
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Vanihoyat imtihonlar boshlanish arafasidamiz. Аslida har qanday imtihon emotsiyalarga boy, hayajonli oʼtadi. Abiturientning imtihon vaqtida muvaffaqiyatga erishishi ikki omilga bogʼliq: nazariy va psixologik tayyorgarlik. U mavzularni qanchalik yaxshi oʼzlashtirgan boʼlsa ham, imtihon vaqtidagi hayajon dushmanga aylanishi mumkin.
- Diqqatni jamlang. Titul varagʼini toʼldirish kabi barcha rasmiyatchiliklarni bajarib boʼlgach, diqqatni jamlashga va atrofni unutishga harakat qiling. Siz uchun faqat vazifalar matni va soatlar mavjud boʼlishi kerak. Qatʼiy belgilangan vaqt javoblar sifatiga taʼsir qilmasligi kerak. Javobni kiritishdan oldin savolni ikki marta oʼqing va sizdan nima talab qilinayotganini toʼgʼri tushunganingizga ishonch hosil qiling.
- Osonidan boshlang. Test yechishni sizda shubha tugʼdirmaydigan savollarga javob berishdan boshlang. Uzoq oʼylantiradigan savollarga koʼp toʼxtalmang. Shunda ancha tinchlanasiz, yuklama yengillashadi. Miya yanada aniq ishlay boshlaydi. Qolgan butun kuch va diqqatni qiyin savollarga yoʼnaltirish mumkin boʼladi.
- Shoshmang, testni oxirigacha oʼqing. Vazifani birinchi soʼzlaridanoq uning shartini tushunaman deb shoshqaloqlik qilmang. Bunda eng oson savollarga ham xato javob berish ehtimoli oshadi. Shoshqaloqlik natijasida javobi miyangizda naqd boʼlgan savolni ham boy berishingiz mumkin.
- Faqat test haqida oʼylang. Yangi vazifani oʼqiyotganda avvalgi hamma narsani unuting. Testlardagi vazifalar bir-biri bilan bogʼliq emas, shuning uchun siz ilgari qoʼllagan qoidalar va formulalar yangi vazifani toʼgʼri hal qilishga xalaqit beradi.
- Muvaffaqiyatsizlikni unuting. Аgar bironta testga javobni bilmasangiz, bu muvaffaqiyatsizlik taʼsirida qolib ketmang. Yangi savolni yangi imkoniyat sifatida qabul qiling. Аvvalgi vazifalar natijasidagi tushkunlik keyingi topshiriqlar samarasiga taʼsir koʼrsatmasin.
- Istisno qiling. Toʼgʼri javobni bilmasangiz, notoʼgʼriligiga ishonchingiz komil boʼlgan javoblarni ketma-ket chiqarib tashlang. Bu variantlar oʼrtasida tanlov doirasini toraytiradi.
- Tekshirib koʼring.Bajargan topshiriqlaringizni tekshirib chiqishga vaqt ajrating, hech boʼlmaganda koʼz yugurtirib, xatolarni koʼrish uchun vaqt toping.
- Taxmin qiling. Аniq javobga ishonchingiz komil boʼlmasa, intuitiv ravishda biror variantni tanlang. Baʼzida intuitsiyaga ishonish kerak.