Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Imtihon sanasigacha qanday qilib hamma savollarga tayyor bo‘lish mumkin?

01-iyul 08:37
Imtihon sanasigacha qanday qilib hamma savollarga tayyor bo‘lish mumkin?

1. Reallikni ko‘ring. Birinchi o‘rinda:— aynan nimalarga tayyor emasligingizni— va qancha vaqtingiz qolganini bilib olishingiz kerak.

Masalan, hozir sizda 2 hafta chamasi vaqt qoldi. Imtihonda tushadigan fanlarning qaysi jihatlariga 100 foiz tayyorsiz, qaysilariga esa uncha emas, hammasini qog‘ozga yozib chiqing. Qog‘ozga yozish qiyin ishdek ko‘rinishi mumkin. Lekin miyaga bir vaqtning o‘zida ko‘p ma’lumotni ushlab turib, reja tuzish qiyin, qog‘ozga esa xohlagancha ma’lumotingizni yozib qo‘yib, bemalol reja tuzishingiz mumkin.

2. Reja tuzing. Hozirgi kuningizdan boshlab, imtihon sanasigacha har kuni nima o‘rganib borishingiz kerakligini aniqlang.

3. Rejangiz amalga oshmaganida rejangizga o‘zgartirish kiriting. Qanchalik zo‘r reja tuzmang, baribir qandaydir muammo chiqadi. Ko‘pchilik tuzgan rejalari qayerdadir amalga oshmay qolsa, reja bilan ham, rejasiz ham muammo chiqadi, deb rejani tashlab ketishadi. Reja bilan ham muammo chiqishi bor holat, lekin rejasiz to‘g‘ri qaror qilishingizning iloji yo‘q.