Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Ikinchi mutaxassislikka hujjat topshirish boshlandi.

12-iyul 11:55
Ikinchi mutaxassislikka hujjat topshirish boshlandi.

Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko‘ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o‘qishga topshirmoqchi bo‘lgan oliy ta’lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin.