Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Harbiy tavsiyanoma imtiyozi 5 ta ta’lim yo‘nalishiga ham o‘tadimi?

05-avgust 08:42
Harbiy tavsiyanoma imtiyozi 5 ta ta’lim yo‘nalishiga ham o‘tadimi?

Harbiy tavsiyanoma olgan abituriyentlar uchun umumiy kvotadan tashqari kvota ajratiladi.

Va bu kvota kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllari uchun alohida bo‘lib chiqiladi. Lekin abituriyentning imtiyozi faqat birinchi tanlagan yo‘nalishiga o‘tadi. Agar bu yo‘nalish bo‘yicha uning balli yetmasa, unda boshqa abituriyentlar qatori umumiy tanlovda balli ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz: abituriyent 5 ta ta’lim yo‘nalishi bilan birga ta’lim shakllarining ham bir nechtasini tanlashi mumkin.