Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Endi sirtqi va kechki taʼlimda o‘qiydiganlarga taʼlim krediti berilmaydi!

08-iyul 09:31
Endi sirtqi va kechki taʼlimda o‘qiydiganlarga taʼlim krediti berilmaydi!

Bu haqdagi Prezidentning tegishli farmoni O‘zAda eʼlon qilindi.

Endilikda taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlimda o‘qiyotgan talabalarga beriladi.

Bunga qadar taʼlim kreditini sirtqi va kechki taʼlimda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi.

Shuningdek, endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda taʼlim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

Birinchi bosqichlar uchun esa bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi.