Agressiyani qanday yo‘qotish mumkin?
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Odam o‘zida jahldorlik alomatlarini sezsa, birinchi uning sabablarini topishga harakat qilishi kerak. Bo‘lmasa, agressiv kayfiyat nafaqat o‘ziga, balki atrofdagilarga yomon ta’sir qiladi:
🧠 O‘z-o‘zini anglash: sizdagi kayfiyatga stress, charchoq yoki tushunmovchilik sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin. Buni aniqlash o‘z reaksiyalaringizni nazorat qilishga yordam beradi;
💬 Kommunikatsiya: fikrlaringizni baqirish va haqoratlarsiz tushuntirish orqali agressiv kayfiyat pasayadi;
🧘 Dam olish: nafas olish mashqlari, yoga, yoki shunchaki musiqa tinglash kerak;
🏃♂️Jismoniy faollik: sport va jismoniy mashqlarni bajarish kayfiyatni yaxshilaydi;
⏱ Tanaffuslar: agressiya kuchayib borayotganini his qilsangiz, tanaffus qiling. Tinchlanish va o‘ylash uchun vaziyatdan uzoqlashing.
🥗💤 Oziqlanish va uyqu: yetarlicha uyqu va muvozanatli ovqatlanish hissiy farovonlik uchun muhimdir.
❗️ Agressiya — boshqa muammolarning belgisi, shuning uchun undan qutilish uchun harakat qilishni unutmang.