Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Direktor lavozimining malaka tavsiflari oʼzgardi

19-avgust 08:17
Direktor lavozimining malaka tavsiflari oʼzgardi

Unga koʼra:

  • Kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot va menejerlik sertifikati (ilmiy darajaga ega boʼlgan nomzodlarga afzallik beriladi);
  • Taʼlim sohasida kamida 5 yillik pedagogik staj;
  • xorijiy tillardan birining boshlangʼich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilish;
  • davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillari)ni bilish ustuvorlik beradi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʼlishi kerak.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasining «Taʼlim toʼgʼrisida»gi Qonunining 28-moddasiga muvofiq qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar taʼlim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.

Аsos: MMTV ning 2024 yil 1 avgustdagi 238-sonli buyrugʼi