Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Davlat siyosatida nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining o‘rni qanday?

01-avgust 08:30
Davlat siyosatida nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining o‘rni qanday?

50-modda (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi)Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

31-modda (Ta’lim to‘g‘risidagi qonun)

Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.

Prezident qarori (PQ-200-son, 03.07.2023-y)

Litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.

Prezident qarori (PQ-279-son, 15.06.2022-y)

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratiladi.

Prezident farmoyishiga ko‘ra, joriy yilda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun 1200 ta davlat granti ajratiladi.

Vazirlar Mahkamasining qarori (646-son, 15.10.2021)

Hukumatning qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Prezident qarori (PQ-323-son, 18.07.2022-y)

Kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.