Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Bu yilgi abituriyentlardan jami qancha pul yig‘ildi?

06-iyul 08:44
Bu yilgi abituriyentlardan jami qancha pul yig‘ildi?

Bu yilgi abituriyentlardan jami 53 mlrd 816 mln 730 ming so‘m pul yig‘ildi!

  • Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 687 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar).
  • Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 399 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi.
  • Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abituriyent test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovdan ozod etilgan.
  • Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.
  • Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan.
  • Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi.