Agar testda kamchilik topsa, abituriyent nima qilishi kerak?
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Test kitobchasi tarqatilgach, abituriyent test kitobchasida kamchilik yo‘qligini tekshirib chiqishi kerak.
Bunda:
- Mutaxassislik fanlaridan 30 tadan 60, majburiy fanlar blokida jami 30 ta savol borligini;
- har bir testda 4 tadan variant borligini;
- test kitobchasining sifatli ekanini tekshirishi kerak.
Agar test kitobchasida nuqson bo‘lsa, nazoratchiga xabar berishi kerak.
Oldingi yillar tajribasidan aytish mumkinki, texnik xatoliklar bo‘lgan test topshirig‘i uchun abituriyent foydasiga ball beriladi. Lekin nazoratchiga xabar berilmasa, bunday bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun hamma holatga e’tiborli bo‘ling.