Abituriyentlarning 43,5 foizi 56,7 dan past ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok eta olmaydi
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
AOKAda Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida berilgan maʼlumot koʻra:
2024-2025 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan 740 352 nafar abituriyentdan 418 ming nafardan ortig‘i yoki 56,5%(2023-yilda 53.3%) 56,7 dan yuqori ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan.
321 ming nafardan ortig‘i yoki 43,5% (2023-yilda 46.7%) abituriyent 56,7 dan past ball to‘plagan holda tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘la olmagan.
Abituriyentlarning 210 nafari (2023-yilda 119 nafar) 189 va undan yuqori ball to‘pladi (shundan 91 nafari 189 dan yuqori ball to‘plagan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bitiruvchilari hisoblanadi).