Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
09-iyul 08:07

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Teglar
Xabarni ulashing
O'xshash xabarlar
Minimal 56,7 balldan ham kam to‘plab "super" qildirsa bo‘ladimi?
31-avgust 10:22
Ta’lim kreditini onlayn olish
28-avgust 11:18