Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Abituriyent grantni tanlasa, kontraktda o‘qiy olmaydimi?

30-iyul 16:10
Abituriyent grantni tanlasa, kontraktda o‘qiy olmaydimi?

Tanlov ustvorligini tanlash — abituriyentlar uchun yaratilgan eng qulay imkoniyatlardan biri. Bunda abituriyent bilimiga qarab avval grantda o‘qish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi .

Qanday qilib tanlash mumkin?

Abituriyent OTMga hujjat topshirayotganda 2 xil usuldan birini tanlashi mumkin:

  • “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;
  • “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik asosida amalga oshiriladi.

Qisqa aytganda, abituriyent 1-usulda eng avval faqat grantga balli yetadigan joylarni, 2-usulda esa ham grant, ham kontraktga balli yetadigan joylarni tanlagan holda talaba bo‘lishi mumkin.

Masalan, abituriyent grant ustuvorligini tanlagan: u Toshkent tibbiyot akademiyasiga kontrakt, Samarqand tibbiyot institutiga esa grant o‘qishga kirdi. U grant ustuvorligini tanlagani uchun avtomatik ravishda Samarqand tibbiyot insituti talabasi bo‘ladi.