Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

56,7 ball "отмен" bo‘lgan, bilasiz-a?

02-iyul 18:48
56,7 ball

56,7 ball "отмен" bo‘lgan, bilasiz-a?

📈 Joriy yilda barcha yo‘nalishlar uchun minimal o‘tish balli oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o‘qishga kirish imkoni bo‘lmaydi. Keyini yilda esa, o‘tish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o‘quv yili uchun o‘tish ballari:

👉 sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;👉 boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.

Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o‘quv yili uchun o‘tish ballari:

👉 sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;👉 boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

Bu nima degani ?

Hullas, bu yil 66,5 balldan past ball toʻplasangiz, kvota ichida turgan boʻlsangiz ham ( Universitetda joy boʻlgan taqdirda ham) talabalikka qabul qilinmaysiz.