Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

2024-yil 23-avgust kuni nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkaziladi

22-avgust 11:10
2024-yil 23-avgust kuni  nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkaziladi

2024-yil 23-avgust kuni kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 12 ta hududida tashkil etiladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar:

https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-08-18

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

23.04.2024-nostr-candidates.pdf