Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

2024 – 2025-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi

27-iyun 06:08
2024 – 2025-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi

2024 – 2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 45 655 nafar
  • Andijon viloyati: 67 688 nafar
  • Buxoro viloyati: 45 583 nafar
  • Farg‘ona viloyati: 83 837 nafar
  • So‘x tumani: 1 962 nafar
  • Jizzax viloyati: 48 276 nafar
  • Namangan viloyati: 58 268 nafar
  • Navoiy viloyati: 48 437 nafar
  • Qashqadaryo viloyati: 89 188 nafar
  • Samarqand viloyati: 93 092 nafar
  • Sirdaryo viloyati: 30 074 nafar
  • Surxondaryo viloyati (Termiz shahri): 39 498 nafar
  • Surxondaryo viloyati (Denov tumani): 22 756 nafar
  • Toshkent shahri: 161 369 nafar
  • Xorazm viloyati: 58 596 nafar

Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:

  • Joriy yil bitiruvchilari: 410 334 nafar
  • Avvalgi yillar bitiruvchilari: 483 945 nafar

Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

  • Erkaklar: 431 806 nafar
  • Ayollar: 462 473 nafar

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

  • O‘zbek tili: 784 458 nafar
  • Rus tili: 84 774 nafar
  • Qoraqalpoq tili: 22 534 nafar
  • Boshqa tillar: 2 513 nafar