Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

“126 ming nafar oliy ta’lim bitiruvchisi hali ish topolgani yo‘q” – Behzod Musayev

09-avgust 08:57
“126 ming nafar oliy ta’lim bitiruvchisi hali ish topolgani yo‘q” – Behzod Musayev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev 2023-2024 yilgi oliy ta’lim bitiruvchilariga oid hisobotni taqdim qildi.

Unga ko‘ra, o‘tgan o‘quv yilini tugatgan 214 ming nafar bitiruvchining to‘liq ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan olingan va bandlikka oid ma’lumotlar bazasi bilan solishtirilgan.

Shuning 41 foizi, ya’ni 88 ming nafari hozirgi kunda korxona va tashkilotlar tomonidan yagona milliy mehnat tizimi orqali mehnat shartnomasi asosida qabul qilingani aniqlangan. Qolgan 59 foizi, 126 ming nafar bitiruvchi hali ish topmagani ma’lum bo‘lgan.

Vazirga ko‘ra, ishga joylashmagan yoshlarning muammosini hal qilish uchun avgust-sentyabr oylarida tizim tashkilotlari bilan ish olib boriladi.