Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kirish ballari 2021

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O'zDJTU) haqida umumiy ma'lumot:

O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O`zDJTU) 1949-yilda Toshkent chet tillari pedagogika instituti nomi bilan faoliyatini boshlagan. Universitet 70 yillik tarixga ega.

1992-yili Toshkent chet tillari pedagogika instituti hamda Respublika Rus tili va adabiyoti instituti birlashib, O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti maqomiga ega bo`ldi.

Bugungi kunda universitetda 9 000 ga yaqin talaba 20 ga yaqin xorijiy tilni jahon ta’lim standartlari asosida o`rganmoqda. Har yili universitetda 15 ta ta’lim yo`nalishida bakalavr, 13 ta ta’lim yo`nalishida magistrlik darajasiga ega mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitet talabalari chuqur bilim va ko’nikmalar asosida til o’rganish, o’qitish, tarjima va talqin qilish malakalariga ega bo’lmoqda. Kun sayin rivojlanib borayotgan tezkor zamonda ta’lim tizimi ham o’zgarmoqda. Oliy ta’lim muassasasida til va madaniyat o’rtasidagi aloqa ta’lim tizimining asosiy tamoyili hisoblanadi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti fakultetlari va yo'nalishlari:

Universitet filologiya va tillarni oʻqitish sohasida taʼlim beruvchi 9 fakultetdan tashkil topgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida asosiy eʼtibor filologiya hamda jahon tillarini oʻqitishga qaratilgan boʻlib, universitetda jami 9 ta fakultet mavjud. Fakultetlarning barchasi filologiya sohasi boʻyicha mutaxassislar tayyorlab keladi. Hozirgi kunda universitetda quyidagi fakultetlar mavjud:

  1. Tarjimonlik fakulteti
  2. Ingliz filologiyasi fakulteti
  3. Ingliz tili birinchi fakulteti
  4. Ingliz tili ikkinchi fakulteti
  5. Ingliz tili uchinchi fakulteti
  6. Roman-german filologiyasi fakulteti
  7. Rus filologiyasi fakulteti
  8. Sharq filologiyasi fakulteti
  9. Media va kommunikatsiya fakultet

Kafedralarning umumiy soni 29 taga teng.

Aynan O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida bir qator xorijiy tillar bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lgan talabalar bugungi kunda xalqaro miqyosda turli jabhalarda faoliyat yuritishmoqda. Universitet bitiruvchilaridan yetuk tarjimonlar, chet tili o’qituvchilari, siyosatchilar, xalqaro tashkilotlar va turli qo’shma korxonalarda faoliyat olib borayotgan yetakchi mutaxassislarning borligi universitet nufuzi naqadar yuqori ekanligini ifodalaydi.

2018-yili AQSHning Vebster universiteti bilan imzolangan kelishuv asosida bir yillik magistratura akademik Dasturi tashkil etildi. Mazkur magistratura Dasturi Markaziy Osiyoda yagona hisoblanib, bu maskanda butun dunyo yoshlari tahsil olishlari mumkin.

Ta'lim yo'nalishlari, qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

5220200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Chet tili

60
12
48
163.8
145.95

Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

5120114 / Fransuz tili / Ona tili va adabiyoti

110
30
80
151.2
91.35

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

5120112 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

663
188
475
170.1
132.3

Filologiya va tillarni o‘qitish: ispan tili

5120115 / Chet tili / Ona tili va adabiyoti

75
20
55
156.45
133.35

Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili

5120139

105
40
65
163.1
144.9

Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili

5120113 / Nemis tili / Ona tili va adabiyoti

148
53
95
152.25
110.25

Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili

5120141

105
40
65
152.25
123.9

Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili

5120138

75
20
55
151.2
116.55

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili

5611501 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

60
12
48
166.95
136.5

Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik ta’minoti (ingliz tili)

5121200 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

55
20
35
160.65
123.9

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)

5112200 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

148
53
95
161.91
128.1

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: arab tili

5120208 / Chet tili / Ona tili va adabiyoti

65
20
45
164.85
140.7

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili

5120203 / Fransuz tili / Ona tili va adabiyoti

85
24
61
141.75
90.3

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

5120201 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

190
60
130
162.75
120.75

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: italyan tili

5120206 / Chet tili / Ona tili va adabiyoti

42
13
29
155.4
138.6

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

5120202 / Nemis tili / Ona tili va adabiyoti

85
24
61
135.45
105

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

5111400 / Ona tili va adabiyoti / Chet tili

1385
315
1070
171.15
130.2