Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovlari bo‘yicha apellatsiya

05-avgust 18:48
Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovlari bo‘yicha apellatsiya

2024-2025-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 2024-yil 6-8-avgust kunlari https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali apellatsiya shikoyatini berishlari mumkin.

Apellatsiya shikoyatlari 2024-yil 12-avgust kunidan boshlab uch kun davomida Bilimni baholash agentligida ko‘rib chiqiladi.

Ariza bergan talabgorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.