Talaba farzandli bo‘lganida OTM tomonidan unga 680.000 so‘m nafaqa puli beriladi
21-avgust 08:30

DTM Diagnostik imtihon
➡️ TEST TOPSHIRISH
"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan:
- Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.
- Talaba OTMga arizani bola tug‘ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to‘lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini (600.000 so‘m) tashkil etadi.
Nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
- OTM rektori nomiga ariza;
- Pasport nusxasi;
- Tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.
Agar bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.
Teglar
Xabarni ulashing
O'xshash xabarlar
Ayrim talabalarning to‘lov kontrakt pullari to‘lab beriladi
07-fevral 11:26
Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi
01-fevral 05:32