Super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar nimalarni bilishi kerak?
23.08.2024 20:16

Tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lovi abituriyentga qancha ball yetmay qolganiga bog‘liq.
- 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
- 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
- 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
- 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobarini to‘laydi.
- 4,05 balldan ko‘proq yetmay qolgan, lekin 56,7 balldan kam to‘plamagan abituriyentlar ko‘proq pul to‘laydi.
Ular belgilangan bazaviy kontrakt miqdorining ma’lum baravarini to‘lash orqali talaba bo‘lishlari mumkin. Bu miqdor yo‘nalishlarga qarab farqlanadi.
Eslatib o‘tamiz: hali yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari tasdiqlanmadi. Kontrakt miqdori tasdiqlangach, super-kontrakt pullari ham tasdiqlanadi. So‘ng abituriyent o‘zi o‘qimoqchi bo‘lgan OTMga super-kontrakt bo‘yicha murojaat qiladi.
Teglar
Xabarni ulashing
O'xshash xabarlar
Minimal 56,7 balldan ham kam to‘plab "super" qildirsa bo‘ladimi?
31.08.2024 10:22
Super-kontrakt miqdori tasdiqlandi
30.08.2024 08:35
Perevod imtihonidan yiqilganlar endi nima qiladi?
28.08.2024 11:32