Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Super-kontrakt narxlari va kimlar uchun?

17-iyul 19:02
Super-kontrakt narxlari va kimlar uchun?

Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar o‘z xohishlariga ko‘ra, super-kontrakt asosida o‘qishlari mumkin.

Super-kontraktning miqdori quyidagicha:

  • Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to‘laydi;
  • Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to‘laydi;
  • Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to‘laydi;
  • Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to‘laydi;

Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun 75,6 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball va undan ortiq ballni to‘plagan bo‘lsa tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorini to‘laydi. Bu miqdor yo‘nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 8 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin.