Maqsadli qabul bilan grantga kirishning nimasi foyda, nimasi zarar?
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
❓ Maqsadli qabulda kimlar qatnasha oladi?
➖ Kvota tasdiqlangach, maqsadli qabul o‘rinlari hududlar kesimida bo‘linadi. Aynan bir hududga ajratilgan maqsadli qabul kvotasidan foydalanish uchun o‘sha hududda doimiy yashaydigan (propiskasi bor) abituriyent maqsadli qabuldan foydalanadi.
📄Abituriyentning umumiy o‘rta yoki o‘rta ta’limni tugatganligi to‘g‘risida hujjati, ya’ni shahodatnomasi ham bo‘lishi kerak.
❓Maqsadli qabulga kvotalar qanday taqsimlanadi?
Kvotalar yo‘nalishlar kesimida va yo‘nalishlar kesimidagi o‘rinlar esa hududlar kesimida taqsimlanadi. Masalan, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi kabi yo‘nalishlar alohida ajratiladi.
❓Maqsadli qabulda yetarli ball to‘plolmaganlar o‘qishdan yiqiladimi?
Maqsadli qabul tanlovida qatnashgan abituriyent kerakli ballni yig‘sa, u grant asosida talaba bo‘ladi. Lekin to‘play olmasa, boshqa abituriyentlar bilan birgalikda umumiy tanlovda qatnashadi. Balli yetsa, albatta, talaba bo‘ladi.
❓O‘qishga topshirayotganda maqsadli qabul qanday tanlanadi?
OTMga kirish uchun onlayn ariza topshirayotgan abituriyent maqsadli qabulni tanlasa, ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etadi (https://t.me/BaholashUz/4990). Masalan, Toshkent tibbiyot universitetining Davolash ishi yo‘nalishiga abituriyent yashayotgan hududga 2 ta joy ajratilgan bo‘lsa, u ham shu 2 ta joy uchun, ham ajratilgan umumiy kvota uchun tanlovda qatnashadi.
❗️Maqsadli qabul bilan pastroq ball to‘plab ham grantga kirish mumkin. Lekin 2 ta narsani hisobga olish kerak:
❌ Maqsadli qabul bilan o‘qishga kirgan talabaga "perevod"ga ruxsat berilmaydi;
➡️ Keyinchalik o‘qishni tugatgandan so‘ng o‘z hududida 5 yil ishlab berish majburiyati qo‘yiladi.