Maktabgacha taʼlim tashkilotiga direktor tayinlashning yangi tartibi joriy etiladi
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Vazirlar Mahkamasining (27.08.2024-y. №531-son) qaroriga muvofiq:
2025-yil 1-yanvardan boshlab, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi davlat maktabgacha taʼlimi tashkiloti (MTT) direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kursida oʻqitish va ularga maxsus portal orqali menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi etiladi.
2025-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan MTT direktoriga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik 30 foiz qoʻshimcha ustama toʻlanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlar orasidan tashkilot direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi.
Bunda tashkilot direktori vakant lavozimlariga nomzodlar faqat sertifikati mavjud boʻlgan va ushbu kichik bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan nomzodlar zaxirasiga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.