Mandat.uz Abituriyentlikdan
talabalik sari

Foizsiz taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʼqiydigan xotin-qizlarga beriladi

15-iyul 17:12
Foizsiz taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʼqiydigan xotin-qizlarga beriladi

Prezidentning Farmoni (27.05.2024 yildagi PF-82-son) bilan 2022 yil 18 iyuldagi PQ-323-sonli qarorga oʼzgartirish kiritildi. Unga koʼra, endilikda faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʼqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.

Kredit kimlarga beriladi?

  • Oʼzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
  • oʼrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʼquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

  • Kunduzgi;
  • Sirtqi;
  • Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

  • Toʼgʼri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Аmmo bu foiz qismini xotin-qizlar toʼlamaydi, davlat toʼlab beradi.

Toʼlash qachondan boshlanadi?

  • Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʼqish muddati tugagandan soʼng yettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʼtib) 7 yil davomida qaytariladi.

Qanday hujjatlar kerak?

  • bankka ariza;
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • taʼlim muassasasi bilan toʼlov-kontrakt shartnomasi;
  • talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʼlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʼyicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.