Endi xususiy oliygohlarga yilning xohlagan paytida topshira olmaysiz
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Xususiy oliygohlarda ham endi yilda bir marta iyun-sentyabr oylarida qabul bo‘ladi.
"Xususiy oliy ta’lim muassasalaridagi qabul jarayonlari haqida ko‘plab savollar so‘rashmoqda. Xususiy oliygohlarda ham endi yilda bir marta iyun-sentyabr oylarida bo‘ladi.
“Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”ga o‘zgartirish kiritililmoqda. Nodavlat oliygohlarga ham endi yilning xohlagan paytida topshira olmaysiz, aniqroq aytadigan bo‘lsak har yilning 1-oktabriga qadar nodavlat oliygoh talabasi bo‘lishingiz mumkin.
Buni davlat qanday nazorat qiladi?
Hozirda barcha xususiy oliy ta’lim muassasalari Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining yagona HEMIS tizimiga ulangan, ulanmagan oliygohlarni esa ulatishmoqda. O‘sha tizimga ulanish xullas majburiy, agar siz talaba ekanlingizni tekshirmoqchi bo‘lsangiz, my.gov.uz sayti orqali talabalik haqida ma’lumotnoma olib ko‘ring.
Agar my.gov.uz orqali ma’lumotnoma ololmasangiz, demak siz o‘qiyotgan oliygoh tizimga ulanmagan. O‘sha tizimga oliygoh sizni endi birinchi oktyabrga qadar kirita oladi, undan keyin kirita olmaydi" – deydi tadbirkor Bektosh Khatamov