2024-yilda oliy taʼlim tashkilotini tugatganlar ham toifa olishlari mumkin
Mandat natijalari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2024-yilda oliy taʼlim tashkiloti tugatgan stajor-oʻqituvchi sifatida ishga qabul qilinganlar ham joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada oʻz ixtiyoringizga koʻra navbatdan tashqari turi boʻyicha qatnasha oladi hamda past natija qayd etgan taqdiringizda ham ularga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi.
Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil toʻlgandan soʻng navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ushbu sinovlardan ishtirok etib toifa sertifikati olgan stajor-oʻqituvchilardan kasbiy sertifikat talab qilinmaydi.